12:24 / 19.04.2017
8620

Buxoroda joriy yilning o‘tgan davrida 57 nafar mas'uliyatsiz rahbar ishdan olindi

Joriy yilning 17 aprel kuni Buxoro viloyati hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi O‘. Barnoyev olib bordi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati

Yig‘ilish avvalida ishtirokchilar viloyat kadrlar tarkibidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirildi. Genjayev Yo‘ldosh Hakimovich – viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, Niyozmatov Nazirjon G‘anijon o‘g‘li — viloyat mudofaa boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Hokimlik soati yig‘ilishida ta'kidlanishicha, joriy yil 1 choragida 124 ta hujjat kirim qilingan bo‘lib, ular ijrosini tashkil etish yuzasidan viloyat hokimligining tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilingan.

Ammo ba'zi hududlar, korxona va tashkilotlarda mazkur hujjatlar ijrosini tashkil etish, ularning monitoringini yuritish borasidagi ishlar talabga javob bermaydi.

2017 yilning o‘tgan davrida mehnat faoliyati davomida berilgan topshiriqlarga nisbatan mas'uliyatsizligi, rahbarlik qilayotgan tizimida ijro intizomini susaytirganligi hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun turli lavozimlarda ishlab kelayotgan jami 57 nafar rahbarlar vazifasidan ozod etildi.

Yig‘ilishda viloyatda ijro intizomi sifatini kuchaytirish yuzasidan aniq tizim belgilab olindi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tez kunlarda yakunlash hamda aholi xonadonlariga tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishining ahvoli muhokama qilingan. 

Top