10:00 / 19.04.2017
18074

Ispan klublari YeChLda yana bir noyob natija qayd etishdi

«Real» va «Atletiko» jamoalari mos ravishda «Bavariya» hamda «Lester»ni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finaliga yo‘llanma oldi.

Natijada kamida ikki ispan klubi ketma-ket 7-marta YeChL yarim finalida ishtirok etadigan bo‘ldi. Eng qiziq tomoni ularning barchasida «Real» ishtirok etgan.

Agar «Barselona» «Yuventus»ga qarshi uchrashuvni (dastslabki uchrashuv – 0:3) o‘z foydasiga hal qila olsa yarim finalda ispan jamoalari soni uchtani tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Top