17:33 / 19.04.2017
6064

Mo‘g‘uliston o‘zining ilk sun'iy yo‘ldoshini uchirdi

Mo‘g‘uliston o‘zining ilk sun'iy yo‘ldoshini fazoga uchirdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

"10 yildan avvalroq poydevor qo‘yilgan loyihani, nihoyat, amalga oshirish mumkin bo‘ldi. Bu olg‘a tashlangan tarixiy qadamdir, Mo‘g‘uliston o‘zining ilk sun'iy yo‘ldoshini fazoga uchirganidan faxrlanamiz", — degan Mo‘g‘uliston Buyuk davlat xurali raisi Miyeegombin Enxbold.

Mamlakat parlamenti saytida ta'kidlanishicha, Mongol Sat-1 nomli sun'iy yo‘ldosh mamlakatning teleuzatish, telekommunikatsiya imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Sun'iy yo‘ldosh Asia Broadcast Satellite (ABS) operatori bilan hamkorlikda uchirilgan. 

Top