18:10 / 19.04.2017
15146

Poroshenko Rossiyani timsohga o‘xshatdi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiyani timsohga o‘xshatdi. Bu haqda 112 telekanalida xabar berilgan.

Londondagi xalqaro munosabatlar bo‘yicha Qirollik instituti bo‘lmish Chatham House institutidagi chiqishi vaqtida u g‘arb siyosatchilarini Moskva bilan muloqoti holati uchun tanqid qilgan. Keyin u o‘zining so‘zlarini dalillash uchun ingliz siyosatchisi Uinston Cherchillning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

"Cherchill 1942 yilning yanvarida shunday degandi: Timsohning qornini to‘ydirib turish deb hisoblaydiganlar unutmasinki, bir kun kelib timsoh uning o‘zini ham yeb qo‘yadi". Hozirgi vaziyatda Rossiya timsohdir", degan Poroshenko. 

Ukrainaliklar prezidenti bunday yo‘l tutmoqchi bo‘lgan barcha tomonlarni Moskvaning "ishtahasini qondirish" ilojsiz ish ekanidan ogohlantirishini e'lon qilgan.

Bundan oldinroq Poroshenko Rossiyani "provinsializm"da (mahalliychilik, qoloqlik - tahr.) ayblagan va Moskvaning maqsadi - Ukrainada vaziyatni beqarorlashtirish ekanini aytib o‘tgandi.

Top