02:15 / 19.04.2017
16249

Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi

Yevropa chempionlar ligasining chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda «Real» va «Bavariya» jamoalari uchrashuvida Ronaldu het-trikka erishdi.

Natijada portugaliyalik futbolchi YeChLda urgan gollari sonini 100taga yetkazib oldi va bu natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi. Uning eng yaqin ta'qibchisi Lionel Messi hisobida 94ta gol mavjud.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda «Real» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Top