17:27 / 19.04.2017
13605

Rossiya IIV mamlakatdagi xorijliklar sonini ma'lum qildi

Ayni vaqtda Rossiyada 9,7 millionga yaqin xorijiy mamlakatlar fuqarolari bor. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Rossiyadagi mehnat muhojirlarining yarmidan ko‘pi Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov viloyatlarida yashaydi. 

2016 yili Rossiyaga 16,4 mln xorijlik kirgan, ularning salkam 70 foizi MDH mamlakatlari fuqarolaridir. Ularning aksariyati ishlash yoki shaxsiy tashrif bilan kelgan. 

Top