16:34 / 19.04.2017
20318

Toshkent aholisi garajlar buzilishiga munosabatini bildirmoqda

Toshkent Ts1 mavzesida garajlarni ommaviy buzish ishlari olib borilmoqda. Garaj egalaridan o‘zlariga tegishli mulkni buzish talab qilinmoqda. Bunga sabab sifatida garajlar o‘rnida zamonaviy ko‘pqavatli avtoturargohlarning qurilishi ko‘rsatilmoqda. Bu holat Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhida qizg‘in munozaralarga asos bo‘ldi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi besh qavatli avtoturargoh turarjoylarning shundoqqina yonginasida barpo etiladi. Garajlar oralig‘ida o‘sayotgan daraxtlarni kesish rejalashtirilgan. «Odamlar uylari derazalari ostida kunbo‘yi shovqin-suron, ishchilar to‘dasi va chiqindilar uyumi», - deb yozadi foydalanuvchilardan biri. 

Bu borada turli fikrlar ham bildirilmoqda. 

«Bu kabi qonunsizlik jonga tegdi!!!!», deydi biri. Boshqalari, aksincha, garajlarning buzilishini yoqlashadi. «Jilla qursa, bolalar maydonchalari uchun bo‘sh hudud topiladi. Bolalarimiz xursandchiligi uchun». Yana bir izoh qoldiruvchi «garajlar olinishi to‘g‘ri ekani, biroq ularning o‘rnida avtoturargohlar bo‘lishi aniq emas»ligini aytadi. 

Eslatib o‘tamiz, poytaxt ma'muriyati tomonidan qabul qilingan avtotransport vositalarini saqlash joylarini tartibga solish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida choralar ko‘rish loyihasini ishlab chiqdi. Hujjatda zamonaviy ko‘p qavatli avtoturargohlar va bepul turargohlarni ochish rejalashtirilgan. 

Top