10:18 / 19.04.2017
43023

Uchtepa tumani hokimi uch yarim oyda ishdan olindi

Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga ham yangi hokim tayinlangan. Shahar hokimiyati saytidagi ma'lumotga ko‘ra, endi ushbu tumanga Irgashev Shavkatbek Turdiyevich rahbarlik qiladi.

Irgashev Shavkatbek turli yillarda ko‘p yillar davomida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Uchtepa tumanining avvalgi hokimi Jovdatxon Inog‘omov esa lavozimiga tayinlanganiga 4 oy bo‘lmasdan ishdan olingan. U shu yilning yanvar oyi boshida tuman hokimi sifatida tanishtirilgandi.

18 aprel kuni Toshkentning yana ikki tumaniga yangi rahbarlar tayinlangan. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev Rahmatjonovich Toshkent shahri Yashnobod tumaniga hokim bo‘lgan. Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonovich esa Sergeli tumani hokimi etib tayinlangan.

 

 

Top