17:14 / 19.04.2017
4436

O‘zbekiston Shveytsariya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqchi

2017 yilning iyun oyida O‘zbekiston-Shveytsariya biznes-forumi Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Savdo-sanoat palatasining ta'kidlashicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Shveytsariyaga har ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va faollashtirish maqsadida tashrif buyuradi.

2017 yilning 12-13 iyun kunlari tashrif doirasida Tsyurixda ikki mamlakat ishbilarmon vakillari ishtirokida biznes-forum va kooperatsiya birjasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasining agrosanoat, oziq-ovqat, farmatsevtika va tekstil sohalaridagi savdo-investitsion imkoniyatlari taqdimotini o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston hududida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun shveysariyalik sheriklarni topishdir.

Top