23:27 / 19.04.2017
13278

O‘zbekistonda uzum kishi boshiga necha kilogrammdan to‘g‘ri kelishi ma'lum

Foto: O‘zA

Avval xabar berganimizdek, Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi.

Matbuot anjumanida berilgan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan uzum hajmi kishi boshiga 32 kilogrammdan to‘g‘ri keladi. 

Bundan tashqari, uzum va undan qayta ishlangan mahsulotlar esa 24 davlatga eksport qilinmoqda, 2016 yilda 72 ming tonna mayiz tashqi bozorga chiqarildi, shuningdek Qo‘shrabot, Xatirchi tumanlarida mayizbop uzum mo‘l yetishtirilayotgani, joriy yilda mazkur tumanlarda xo‘raki uzumni quritish va qadoqlab, eksport qilishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etilishi qayd etildi.  

 

Top