20:39 / 20.04.2017
8813

9 yildan so‘ng yevrotaxtga qaytmoqchi bo‘layotgan «MYu». Yevropa Ligasi uchrashuvlari haqida

21 aprel kuni Yevropa ligasining 1/4 final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Hali hech qanday masalaga oydinlik kiritilmagan juftliklarning har birida qarama-qarshilik jiddiy kechishi kutilmoqda. Tribuna.Uz kunning eng muhim to‘rt futbol uchrashuvi haqida batafsil to‘xtalib o‘tadi.

«Manchester Yunayted» - «Anderlext» (20 aprel, 23:59, UzReport, Match TV)

Ikkala jamoa o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan. Javob uchrashuvini ispaniyalik Alberto Undiano Malenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Qiziqarli faktlar
— «Manchester Yunayted» 9 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta yevrokuboklar bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda;
— «MYu» yevrokuboklarda o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan;
— «Anderlext» «Manchester Yunayted»ga qarshi mehmonda o‘tkazgan so‘nggi uch uchrashuvda 18ta gol o‘tkazib yuborgan;
— Zlatan Ibrahimovich «PSJ» futbolchisi sifatida «Anderlext» darvozasiga bir uchrashuvda to‘rtta gol urgan.
— «Manchester Yunayted»ning yevrokuboklar tarixidagi ilk raqibi ham aynan «Anderlext» (2:0)sanaladi;
— «Manchester Yunayted»ning yevrokuboklardagi eng yirik g‘alabasi (10:0) ham «Anderlext»ga qarshi uchrashuvda qayd etilgan.

«Beshiktosh» - «Lion» (20 aprel, 23:59, Match! Futbol 1)

Ikkala jamoa o‘rtasidagi birinchi uchrashuv turkiyalik muxlislarning tartibsizligi tufayli belgilanganidan 45 daqiqa kech boshlangan. «Lion» bir daqiqa ichida 2ta to‘p kiritib, irodali g‘alabani (2:1) qo‘lga kiritgan. Uchrashuvni Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Qiziqarli faktlar
— «Beshiktosh» yevrokuboklarda yangi stadionida o‘tkazgan uchrashuvlarda yoki g‘alaba qozongan, yoki darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan (5o‘yin, 2g‘alaba, 3durang);
— «Lion» yevrokuboklarda mehmonda o‘tkazgan so‘nggi to‘rt o‘yinning faqat bittasida mag‘lubiyatga uchragan (2G‘, 1D, 1M);
— «Beshiktosh» Yevropa ligasida ishtirok etayotgan yagona mamlakat chempioni sanaladi.

«Genk» - «Selta» (23:59, Match! Futbol 2)

Ikki jamoa o‘rtasidagi Vigoda kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida «Selta» g‘alaba qozongan. Belgiyadagi javob uchrashuvini Uilyam Kollum boshchiligidagi shotlandiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Qiziqarli faktlar
— Ikkala jamoa ham o‘z tarixida birinchi marta yevrokuboklarning yarim finalida ishtirok etish imkoniyatga ega bo‘lib turibdi;
— «Genk» o‘z uyida o‘tkazgan so‘nggi 8 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchrmayapti (7G‘, 1D);
— «Selta» yevrokuboklarda, mehmonda o‘tkazgan so‘nggi uch uchrashuvda g‘alaba qozongan. Qiziq tomoni uchchala uchrashuv ham bir xilda 2:0 hisobida vigoliklar foydasiga hal bo‘lgan.

«Shalke» - «Ayaks» (23:59, Match! Futbol 3)

To‘rtta juftlik ichida eng katta ustunlik aynan Niderlandiyadagi uchrashuvda yuzaga kelgan. Devi Klaassenning dubli evaziga «Ayaks» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvni Ovidiu Hatsegan boshchiligidagi ruminiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Qiziqarli faktlar
— «Shalke» Niderlandiya klublari qarshi o‘z uyida kechgan uchta uchrashuvda 3 to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.
— «Shalke» yevrokuboklarning joriy mavsumida o‘z uyida birorta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan (3G‘, 2D);
«Ayaks» Yevropa Ligasi 2016/2017 yilgi mavsumda mehmondagi uchrashuvlarda bir g‘alaba, 3 durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan.

Top