17:57 / 20.04.2017
22096

Andijonda antiterror mashg‘ulot o‘tkazildi

20 aprel kuni «Andijon» temir yo‘l vokzalida viloyat huquq-tartibot organlari taktik-maxsus mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Ushbu obekt tanlangani bejiz emas, maxsus xizmatlar transport vositalari va temir yo‘llar harakati xavfsizligini ta'minlashdagi doimiy tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Aksilterror mashg‘ulotda FVV, IIV hamda Mudofaa vazirligi bo‘limlari, shuningdek, Andijon viloyati hokimiyati vakillari ishtirok etgan. Mashg‘ulot doirasida qutqaruv xizmatlarining (o‘t o‘chiruvchilar hamda tibbiyot xodimlari ham) favqulodda vaziyatlar uchun tayyorligi holatlari tekshirildi.

Topshiriqqa ko‘ra, temir yo‘l vokzali hududida vagonlardan birini egallab olgan shartli terrorchilarni zararsizlantirish talab etiladi. FVV va IIV xodimlari topshiriqni a'lo darajada uddalashgan.

Mashg‘ulotlar xodimlarning professional darajadagi tayyorligini ko‘rsatgan va marosim yakunlariga kutilgan natijalarga erishilgani ta'kidlab o‘tilgan.

Top