Dunyodagi eng qimmat avtomobil raqamlari qancha turadi va ularni kimlar xarid qiladi?

Texnologiya 20 Aprel 2017 33994

Birlashgan Arab Amirliklarida Roads and Transport Authority davlat tashkiloti so'nggi uch yil davomida avtomobil raqamlari bo'yicha kimoshdi savdolarda 38 million 400 ming dollar ishlab topdi. Quyida qanday avtomobil raqamlari qimmatroq turishi va ularni kimlar xarid qilishi haqida qiziqarli ma`lumotlar beriladi.

Ayni kunga kelib, savdolardagi rekord narx 14 200 000 dollarni tashkil etadi: 2008 yilda Abu Zabi amirligining 1 raqamli avtomobil raqami Said Abdul Jafar Al Huri tomonidan xarid qilingan va u raqamni o'zining Bugatti Veyron mashinasiga ilib qo'ygan. 

BAAdagi boshqa amirliklar Abu Zabidan hajmi bo'yicha ham kichikroq, ham bir qadar «kambag'alroq». Masalan, Sharja amirligida shunday raqam 4 900 000 dollarga sotib olingan. Gap shundaki, bu istalgan avtomobildan baribir qimmatroqdir. Xuddi o'sha «Veyron»lar 450 nusxada chiqarilgan, 1 raqami esa – hozircha bitta.

Ikki sonli raqam bir qadar arzonroqqa tushadi - 500 000 dan 2 000 000 dollargacha. Uch sonlilar orasida esa avtomobil modellari indeksi ancha ommabop: 488 (xuddi shu nomdagi Ferrari modeli kabi), 911 (Porsche), 918 (yana Porsche), to'rt sonlilar esa tug'ilgan yil yoki Amirliklarda uch yildan so'ng o'tkaziladigan Ekspo-2020 butunjahon ko'rgazmasi sanasi bilan bog'liq tarzda xarid qilinadi.

Bundan tashqari, ancha kulgili vaziyatlar ham uchrab turadi – masalan, inson raqamni xarid qiladi, dastlabki pullarni to'laydi, biroq lotning to'la qiymatiga mablag'i yetmay qoladi. O'tgan yilning noyabrida Abdulla Al Mahri ismli shaxs Abu Zabi amirligining bitta raqamli avtomobil belgisini 8 400 000 dollarga sotib oldi va auksionchilarga o'zida aslida yo'q bo'lgan summali chekni bergan.

Al Mahri raqamni qandaydir yo'l bilan qayta sotib, shu tariqa to'lovni amalga oshirmoqchi bo'lgan, biroq Roads and Transport Authority unga lotni bermadi hamda ishni sudga oshirdi.

BAAda raqamlar sotuvida asta-sekin manfaatdor shaxslarning alohida doirasi shakllanib qoldi. Ular nafaqat o'z maqomlarini oshirishmoqchi, balki biznes-sheriklar ko'z o'ngida ham o'z hurmatlari darajasini ko'paytirishni maqsad qilganlar.

Noyob raqam belgilari qiymati hozircha faqat ko'tarilmoqda, hamda investorlar ularni avtomobilga osishga shoshilayotgani yo'q – bu narxni tushirib yuborishi mumkin.

Ushbu bozordagi mashhur sotuvchilardan biri Abdulla Al Hammadi yetti ming raqam belgisiga egalik qiladi, ularning umumiy qiymati esa 19 000 000 million dollar atrofida. Yaqinda u “atigi” 3 200 000 dollarga sotib olgan raqamini 7 600 000 dollarga sotib yubordi.

Shunisi qiziqki, Roads and Transport Authority savdoga birdaniga barcha kombinatsiyalarni qo'ymaydi, balki ma`lum bir auksion uchun har bir raqamni diqqatlik bilan tanlaydi. Masalan, Dubayning Q seriyadagi 2 raqami savdosi 8 900 000 AQSh dollaridan boshlandi. Bu lot oxir-oqibat sotilmay qoldi. Ammo D seriyalik 5 xuddi shu narxda tadbirkor Balvinder Saxani tomonidan sotib olindi.

Hind Saxani Kuvaytda tug'ilgan bo'lib, Amirliklarda qurilish bilan shug'ullanadi. Uning so'zlariga ko'ra, 2007-2008 yilgi jahon moliyaviy inqirozidan ham foyda ko'rishga muvaffaq bo'lgan. Uning raqamlarga o'zgacha “muhabbati” 20 yil avval boshlangan, o'shanda u Kuvaytda xususiy shaxsdan 300 000 dollarga telefon raqamini xarid qilgandi.

Saxanining aytishicha, ayni damda unda Hindiston, Kuvayt va BAAdagi eng chiroyli uchta telefon raqami, shuningdek, umumiy qiymati 100 million dollar bo'lgan 15 ta avtomobil raqami bor. 

Saxani ayniqsa to'qqiz raqamiga o'zgacha munosabatda. Shuning uchun Balvinder ko'chadagi faqatgina to'qqizinchi uyni sotib oladi, shaxsiy ofisini to'qqizinchi qavatda joylashtirgan, uning eng qimmat raqami esa – umumiy miqdorda 9 sonini keltirib chiqaradi.

Unda bor bo'lgan eng qimmat raqamlardan yana biri – Dubayning 09i bo'lib, u 6 600 000 dollarga xarid qilingan.

Auktsionlardagi aql bovar qilmas pullarni xaridorlarning rafiqalari ham ba`zi tushunmaydi, biroq savdodan tushgan pullar kimnidir cho'ntagiga emas, balki Roads and Transport Authority’ning adoqsiz infratuzilma loyihalariga yo'naltiriladi. Ular esa Amirliklarni yanada qulay va xavfsiz qiladi.

Xullas, nima bo'lgan taqdirda ham – bu soha foydali sarmoya kiritishdir. Har holda Fors ko'rfazidagi bunday biznesning davom etishi bunga turtki bermoqda.

 

Ko'proq yangiliklar: