22:51 / 20.04.2017
6798

YeChL haftasi ramziy terma jamoasiga «Yuventus»ning 3 himoyachisi kirdi

UYeFA Chempionlar ligasining shu haftada o‘tkazilgan o‘yinlari yakuniga ko‘ra, eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

E'tiborli jihati tarkibdan «Yuventus»ning 3 himoyachisi Aleks Sandro, Daniel Alves va Leonardo Bonuchchi kiritilgan.

Turinliklar jamoasi yarim finaldagi har ikki o‘yinda ham kataloniyaliklar gol urishiga yo‘l qo‘ymadi.

Turnir yarim finaliga  «Monako», «Atletiko», «Yuventus» va «Real» jamoalari yo‘l olishgan.

Ramziy terma jamoa tarkibi quyidagicha:
Mark-Andre ter Shtegen, Xerard Pike (har ikkalasi – «Barselona»), Aleks Sandro, Dani Alves, Leonardo Bonuchchi (barchasi – «Yuventus»), Toma Lemar, Kilian Mbappe (har ikkalasi – «Monako»), Saul Niges («Atletiko»), Marko Roys («Borussiya» D), Robert Levandovski («Bavariya»), Krishtianu Ronaldu («Real»).

Mavzuga oid
Top