23:04 / 20.04.2017
7208

Xames Milanga yo‘l olishi mumkin

Milanning «Inter» jamoasi Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges hamda «Monako» himoyachisi Fabinoga qiziqish bildirmoqda.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, «Inter» sport direktori Pero Auzilio bu futbolchilarning agenti bo‘lmish Jorjye Mendesh bilan uchrashgan. Xames yozda «Real»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Ispanlar klubi uning transferi orqali 60 million yevro ishlab olishni mo‘ljallagan. «Monako» Fabino uchun 30 million yevro talab qiladi. Milanliklar klubining xitoylik xo‘jayinlari bu transferlar uchun yetarli mablag‘ni ajratishga tayyor.

Joriy mavsumda 23 yoshli Fabino «Monako» safida 48 uchrashuv o‘tkazdi va 11 gol urib, 5ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. 25 yoshli Xames Rodriges esa «Real» uchun 27 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urgan hamda 13 golga uzatma bergan.

Top