19 aprel oqshomida Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvlari doirasida «Yuventus» «Barselona» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda 0:0 hisobi saqlanib qoldi va birinchi o‘yinda qayd etilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba evaziga turinliklar turnir yarim finaliga yo‘l oldi.
«Tribuna» «Barselona» — «Yuventus» uchrashuvida kuzatilgan eng yorqin lahzalardan fotojamlanma tuzgan.
Unda Neymarning ko‘zidan oqqan yoshlar, Messining yuzidan oqqan qon, Suaresning Kellini bilan do‘stona xayrlashuvi va boshqa hodisalar ifodalangan.