17:56 / 20.04.2017
15881

Toshkentda yangi temir yo‘l kassasi ochildi

Toshkent shahrida yangi temir yo‘l kassasi ochildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yangi temir yo‘l kassasi Toshkent shahri Mirobod tumani Sariko‘l ko‘chasi 4/a uyda, "Lokomotiv" mehmonxonasi yonida, "Kechki Toshkent" restorani ro‘parasida ochildi. 

Temir yo‘l kassasining ish vaqti: soat 8:00 dan 20:00 gacha.
Telefon: 2997748, 2997712.

Top