19:37 / 20.04.2017
16146

Toshkentdagi kameralar qoidabuzarliklarni qayd etishi mingtaga ko‘paydi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan YHQni buzish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida hafta davomida jiddiy choralar ko‘rildi. Toshkent yo‘llarida YHXB xodimlari tomonidan 19 858ta, chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 9500ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Xususan, Toshkent shahri yo‘llari va chorrahalariga o‘rnatilgan kameralar vositasida  4097ta sfetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanish, 5403ta tezlikni belgilangan me'yordan oshirishdir. Bu raqam, Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga ko‘ra, avvalgi haftadan (7-13 aprel oralig‘ida 8559ta) salkam Mingtaga ko‘pdir.

Top