15:05 / 20.04.2017
4905

Toshkentdan Samaraga qo‘shimcha parvozlar joriy etildi

Joriy yilning 2 iyulidan boshlab yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha reys joriy etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Axborot xizmati xabar bermoqda.

Parvozlar Milliy aviakompaniyaning A320 laynerlarida 2, 26, 30 iyul kunlari va 27 avgust kuni amalga oshiriladi.

Harakat vaqti: (soatlar mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan)

NY 653
Toshkent – 09:10         
Samara – 11:30

NY 654
Samara -  13.30        
Toshkent  - 17.35

Top