09:12 / 20.04.2017
6057

"Yuventus" "Milan" rekordini yangiladi

Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Yuventus" "Barselona" bilan kuch sinashib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Turinliklar musobaqaning yarim finaliga yettinchi marotaba chiqib, italyan klublari o‘rtasidagi rekordni o‘rnatdi. Avvalgi rekord "Milan"ga tegishli bo‘lib, ular yarim finalga 6 marotaba chiqa olishgan. 

Top