12:00 / 20.04.2017
66807

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar narxi arzonlashganini ma'lum qildi

Toshkent-Andijon, Urganch-Andijon, Buxoro-Andijon yo‘nalishlarida qatnovchi poyezdlar chiptalari arzonlashtirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, Toshkent-Andijon-Toshkent, Urganch-Andijon-Urganch, Buxoro-Andijon-Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha ertalabki kunduzgi va kechki tezyurar poyezdlarning doimiy harakatlanishini va chiptalarning narxlari arzonlashtirilganini ma'lum qiladi», - deyiladi xabarda.

Poyezd harakat davomida Farg‘ona vodiysining Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon shaharlarining temiryo‘l bekatlarida to‘xtab o‘tadi.

 

Mavzuga oid
Top