19:36 / 21.04.2017
5091

Abdulaziz Komilov prezidentning Xitoyga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

21 aprel kuni ShHT TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ostona shahrida Xitoy Xalq Respublikasi TIV rahbari Van I bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV ma'lumotiga ko‘ra, vazirlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga bo‘lajak tashrifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasining Pekinda o‘tkaziladigan «Bitta kamar, bitta yo‘l» xalqaro forumidagi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rishning dolzarb masalalarini muhokama qilishgan.

Top