Ahmadinajodga Eron prezidenti lavozimi uchun kurashishga ruxsat berilmadi

Jahon 21 Aprel 2017 8249
Фото: Reuters

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga yana prezidentlik kursisi uchun kurashishga ruxsat berilmadi. Eronda saylovlarni o'tkazish bo'yicha shtab Eron prezidenti lavozimi uchun kurashadigan nomzodlar ro'yxatini chop etdi. Bu ro'yxat 6 kishidan iborat, biroq unga Ahmadinajodning nomzodi kiritilmadi.

Navbatdagi prezidentlik saylovlarida Mustafo Aga Mirsalim, Ishoq Jahongiriy, Hasan Ruhoniy, Ibrohim Raisiy, Muhammad Bag'ir G'olib va Mustafo Hoshimi Toba ishtirok etadigan bo'ldilar.

Nomzodlarni tarkibiga oliy shia diniy boshqarmasi vakillari va islom huquqshunoslari kiruvchi Eronning kuzatuv kengashi ko'rib chiqdi va tasdiqladi.  

Eslatib o'tamiz, Ahmadinajod 2005-2013 yillar davomida Eron prezidenti bo'lgan. U konservativ va aksilamerikancha siyosat yurgazgan, Rossiya va arab davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashni qo'llab-quvvatlagan.

Avvalroq Eronning oliy diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Ahmadinajodga joriy saylovlarda ishtirok etmaslikni tavsiya qilgandi.

Eron tarixidagi 12-sondagi prezidentlik saylovlari 19 may kuni bo'lib o'tadi.

Eron konstitutsiyasi ko'ra, ketma-ket uch muddat prezident lavozimini egallash taqiqlangan.  

Ko'proq yangiliklar: