15:20 / 21.04.2017
41541

YeChL yarim finali uchun qur'a tashlandi

Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finaliga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, final oldidan so‘nggi pley-off bosqichida quyidagi jamoalar o‘zaro ro‘baro‘ keladigan bo‘lishdi:

«Real» (Ispaniya) -  «Atletiko» (Ispaniya)
«Monako» (Fransiya) -  «Yuventus» (Italiya)

Yarim final uchrashuvlari 2 va 3 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvlari 9-10 may kunlariga mo‘ljallangan.

«Atletiko» «Real»ga qarshi yevrokuboklarda faqat bir marta g‘alaba qozongan, lekin biror marta keyingi bosqichga (yoki umumiy g‘oliblikka erisha olmagan) chiqa olmagan.

Top