Eron ShHTga a`zo bo'ladimi?

Jahon 21 Aprel 2017 8741

Eron endilikda ShHTga a`zolik bo'yicha barcha mezonlarga javob beradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ostonada Shanxay hamkorlik tashkiloti TIV rahbarlari Kengashi majlisi yakuni bo'yicha ma`lum qildi.

"ShHTga a`zolik uchun navbatda keyingi davlat – Eron, u BMT Xavfsizlik Kengashi liniyasi bo'yicha sanksiyalar bilan aloqador masalalarni hal etdi, - degan vazir. – Endilikda u ShHTga a`zo bo'lish uchun barcha mezonlarga to'la javob beradi. Ostonada iyun oyidagi ShHT yig'ilishi vaqtida davlat rahbarlari Eronni to'laqonli a`zo sifatida qo'shish jarayonini boshlash haqidagi masalani ko'rib chiqishlari mumkin".

Shuningdek, ShHT davlatlari TIV rahbarlari majlisi chog'ida ekstremizga qarshi kurashish bo'yicha konvensiya loyihasini ham ko'rib chiqishdi. "Bu juda muhim hujjat bo'lib, u ilk bora xalqaro-huquqiy yo'nalishda ekstremistik mafkuraga qarshi kurashish bo'yicha vazifalarni belgilab beradi, - degan Lavrov. – Umid qilamizki, bu konvensiya ham davlat rahbarlari tomonidan ma`qullanadi".

"ShHT antinarkotik strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha harakatlar dasturi ustidagi ish ikkinchi yil olib borilmoqda, - deya xabar berdi Rossiya TIV rahbari. – Bugun bu ishni Ostona sammitiga qadar yakunlash bo'yicha mamlakatlarimiz tegishli idoralariga qo'shimcha turtki berishga kelishib oldik".

"Yana bir konvensiya – bu tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikka oid konvensiya, - dedi u. – Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarida bunga katta e`tibor qaratiladi". "Va nihoyat, Shanxay hamkorlik tashkilotining ishi to'g'risidagi hukumatlararo kelishuv imzolanadi, u ShHTga kiruvchi davlatlarning 80 ta o'quv muassasasini birlashtiradi", - degan Sergey Lavrov.

ShHTni tashkil etish haqidagi deklaratsiya Shanxayda 2001 yilning iyunida olti davlat tomonidan imzolangan: RF, Xitoy, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston. Tashkilot ishida shuningdek, olti kuzatuvchi-davlat (Mo'g'uliston, Hindiston, Eron, Pokiston, Afg'oniston va Belarus) va muloqot bo'yicha olti sherik (Shri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja va Nepal) ham ishtirok etmoqda. 

Hindiston va Pokistonning kirishi

ShHTga Hindiston va Pokistonning to'laqonli a`zo sifatida qo'shilishi tarixiy voqea bo'ladi va tashkilotning dunyodagi ta`sirini kuchaytiradi. Bu haqda Lavrov ta`kidlab o'tdi.

"Qator hujjatlar to'plami ko'rib chiqildi. Ular davlat rahbarlari tasdig'iga kiritiladi. Birinchi navbatda, bu Hindiston va Pokistonning ShHTga to'laqonli a`zoligini rasmiylashtirish bo'yicha jarayonni yakunlashga oid qarorlar, - dedi vazir. – Bu tarixiy voqea hamda ShHTning xalqaro arenadagi hurmati va ta`sirini yanada kuchaytiradi. Tashkilot Hindiston va Pokiston qo'shilganidan so'ng, o'z ichiga yer sharining 43 foizi aholisini qamrab oladi, ShHTga a`zo-davlatlar hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 24 foizi to'g'ri keladigan bo'ladi".

Eslatib o'tamiz, tashkilotga Hindiston va Pokistonning kirishi bo'yicha jarayon 2015 yilda boshlangan.

Ko'proq yangiliklar: