03:26 / 21.04.2017
7454

Yevropa ligasi. «Ayaks» bir kishi kam bo‘lib, qahramonlik ko‘rsatdi

Yevropa Ligasining chorak finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Germaniyada bo‘lib o‘tdi va unda «Shalke» «Ayaks»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 3 daqiqasida «Shalke» ikki gol kiritib, umumiy hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqada Veltmanning qizil kartochka olishidan so‘ng «Ayaks» 10 kishi bo‘lib qoldi. Ammo «Shalke» asosiy vaqtda gol kiritishning uddasidan chiqa olmadi.

Overtaymning birinchisida Kalijuri «Shalke»ni o‘yinda oldinga olib chiqqandi, biroq «Ayaks» farqni yo‘qotish uchun o‘zida kuch topa oldi. Avvaliga Virgever kerakli golni kiritgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqada Yunes hisobni minimal ko‘rinishgacha qisqartira oldi. Natijada «Ayaks» uzoq tanaffusdan so‘ng yevrokuboklar yarim finalida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Yevropa ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvi

Shalke-04 (Germaniya) – Ayaks (Niderlandiya) 3:2 (0:0, 2:0, 1:0, 0:2)
Gollar:
Gorettska (53), Burgshtaller (56), Kalidjuri (101) – Virgever (111), Yunes (120).
Shalke-04: Fermann, Xevedes, Kolashinats, Riter (Avdiyay, 112), Nastasich, Gorettska (Gays, 84), Kalidjuri, Mayyer, Bentaleb, Burgshtaller, Stambuli (Xuntelar, 54).
Ayaks: Onana, Sanches, Virgever, Veltman, de Ligt, Shene (van de Bek, 74), Ziyesh, Klyuyvert (Dolberg, 61), Klassen, Yunes, Traore (Tete, 82).
Ogohlantirishlar: Burgshtaller (60), Kolashinats (68), Veltman (71), Nastasich (86), Virgever (90), Ziyesh (90).
Chetlatish: Veltman (80, Ayaks).

Mavzuga oid
Top