Yevropa ligasi g'olibligi uchun kurashadigan 4 jamoa qoldi

Sport 21 Aprel 2017 10403

UYeFA yevropa ligasi 2016/17 yilgi mavsum yarim final ishtirokchilari nomi ma`lum bo'ldi.

Musobaqa chorak finali yakunlariga ko'ra, musoboqani Belgiyaning «Anderlext» va «Genk», Germaniyaning «Shalke-04» va Turkiyaning «Beshiktosh» jamoalari tark etdi. Ispaniyaning «Selta», Angliyaning «Manchester Yunayted», Niderlandiyaning «Ayaks» va Fransiyaning «Lion» jamoasi keyingi bosqichga, ya`ni yarim finalga yo'l olishdi.

Yevropa ligasi yarim finali uchun qur`a tashlash 21 aprel kuni Shvetsiyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. 

1/2 final uchrashuvlari 4 va 11 may kunlari bo'lib o'tadi. Turnirning final o'yini 24 may kuni Shvetsiyaning Soln shahridagi «Frends Arena» stadionida tashkil etiladi. 

Ko'proq yangiliklar: