03:24 / 21.04.2017
9595

Yevropa Ligasi. «Manchester Yunayted» qiyinchilik bilan yarim finalga yo‘llanma oldi

Yevropa ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda «Manchester Yunayted» «Anderlext»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Genrix Mxitaryan jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Hanni 32-daqiqada hisobni tenglashtirgandi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida raqib darvozasiga jamoalar yo‘l topa olishmadi. Natijada ikki o‘yin natijasiga ko‘ra durang qayd etilgach, overtaym belgilandi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida Markus Reshford tomonidan kiritilgan gol «Yunayted»ni yarim finalga olib chiqdi.

Yevropa ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvi

Manchester Yunayted (Angliya) – Anderlext (Belgiya) 2:1 (1:1, 0:0, 0:0, 1:0)
Gollar: 
Mxitaryan (10), Reshford (107) – Xanni (32).
Manchester Yunayted: Romero, Roxo (Blind, 23), Bayi, Shou, Valensiya, Lingard (Fellayni, 60), Pogba, Kerrik, Mxitaryan, Reshford, Ibrahimovich (Marsyal, 91).
Anderlext: Martines, Mbodji, Obradovich, Appia, Spayich, Xanni (Stanchu, 64), Dendonker, Kipchu (Bruno, 64), Tilemans, Achimpong, Teodorchik (Telin, 79).
Ogohlantirishlar: Tilemans (11), Appia (97).
Dastlabki uchrashuv: 1:1.

Top