16:20 / 21.04.2017
14316

Yevropa Ligasida yarim final juftliklari ma'lum: «MYu» Ispaniyaga boradi

UYeFA shtab-kvartirasi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida Toshkent vaqti bilan 16:00da Yevropa Ligasi yarim finali uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'ada jamoalar savatchalarga ajratilmadi. Istalgan klub istalgan jamoaga qarshi to‘qnash kelishi mumkin edi.

Yarim finalga qur'a tashlash marosimida final o‘yinidagi nominal mezbon juftlik nomi ham aniqlanadi — 1-yarim final juftlik g‘olibi yoki 2-yarim final juftlik g‘olibi.

Qur'a quyidagi juftliklarni hosil qildi:
«Ayaks» (Niderlandiya) - «Lion» (Fransiya)
«Selta» (Ispaniya) - «Manchester Yunayted» (Angliya)

Yarim finalning dastlabki o‘yinlari 4 may, javob bahslari bir haftadan keyin — 11 may kuni o‘tkaziladi. Qur'ada nomi birinchi chiqqan jamoa ilk bahsni o‘z uyida o‘tkazadi.

Final 24 may kuni Stokholm shahridagi «Frends Arene»  stadionida bo‘lib o‘tadi.

Top