18:41 / 21.04.2017
10878

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti O‘zbekiston aviatsiya tizimini tekshirdi

Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) ekspertlar guruhi 10-21 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasi tizimini audit qildi. Bu haqda Kun.uz'ga MAK xabar berdi.

Ushbu audit uzluksiz monitoring Mexanizmi doirasida parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etishni tekshirish bo‘yicha IKAO va O‘zbekiston Respublikasining o‘zaro anglashuv Memorandumiga muvofiq o‘tkazildi.

IKAO qarorgohi auditlar seksiyasi, Germaniya, Fransiya, Kuba va Kanada aviatsiya ma'muriyatlari mutaxassislaridan iborat auditorlar guruhi respublikaning fuqarolik aviatsiyasi, tartibga solish va nazorat tizimini tashkil etish, aviatsiya xodimlarini litsenziyalash sohasidagi parvozlar xavfsizligi bo‘yicha nazoratni ta'minlash, parvozlarni ishlab chiqish, uchish muddati, aviatsiya hodisalarini tekshiruvdan o‘tkazish va aerodrom ta'minlovi sohasidagi qonunchiligini tekshirishdi. Shuningdek, ekspertlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi va “Silk Road Cargo Business” aviakompaniyasi bo‘linmalariga tashrif buyurishdi hamda u yerda O‘zbekiston Respublikasi Davavianazorati tomonidan ishlab chiqilgan normativ qoidalarni amalga oshirish bilan tanishishdi.

Audit yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha qator tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Top