17:44 / 21.04.2017
14934

Kun fotosi. Yutuqqa «Damas» qo‘yilgan markaziy uchrashuv boshlanish arafasida

O‘zbekiston chempionatning 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv «Paxtakor» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda.

Uchrashuv boshlanshiga yarim soat ko‘proq vaqt qolganda stadion quyidagi ko‘rinishda bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. «Paxtakor» jamoasi muxlislar tashrifini oshirish maqsadida uchrashuv tanaffusi paytida stadionga chipta sotib olib kirgan muxlislar o‘rtasida lotereya o‘tkazadi. Bosh sovrin «Damas» avtomobili bo‘lib turibdi.

P.S. «Lokomotiv» matbuot xizmati joylashtirgan suratga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, «Damas» minish ilinjidagi muxlislar deyarli yo‘q ekanligini ko‘rishimiz mumkin. O‘yinni tomosha qilishga-ku bitta «Damas»ga sig‘adigan muxlisdan ortiq tomoshabinni kutish qiyin bo‘lsa kerak. Ish vaqti hali tugaman paytda boshlanadigan uchrashuvga tomoshabin kirishini kutishning o‘zi mantiqsizlik. «Damas» muborak, hurmatli o‘yinga kirishi kutilayotgan muxlis!

Top