Migratsiya agentligi Rossiyaga boruvchi ishchilarni saralab beradi

Jamiyat 21 Aprel 2017 18708

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi doirasida ko'plab davlatlararo va hukumatlararo bitim va shartnomalar imzolangandi. Ularning biri «O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o'rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to'g'risida» Bitimdir. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ushbu bitim bo'yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tavsif qildi.

Mehnat muhojirlari Rossiyaga borishdan oldin ish va yotoqxona bilan ta`minlanadi

O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari mazkur Bitmni imzolar ekan, O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkorlik to'g'risida 1992 yil 30 maydagi Shartnoma, O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida strategik sherikchilik to'g'risida 2004 yil 16 iyundagi Shartnoma, hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasida 1994 yil 15 aprelda imzolangan mehnatkash-muhojirlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to'g'risida Bitim, O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o'rtasida O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi mehnatkash-migrantlari-fuqarolarining va Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi mehnatkash-migrantlari-fuqarolarining mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to'g'risida 2007 yil 4 iyuldagi Bitimga asoslandilar.

«Sir emas, anchadan buyon ishchi kuchi harakatlanishi jarayonlarini tartibga solish va huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish zaruriyati mavjud edi. Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-muhojirlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi zarur edi. 

Bitim Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo'yicha Tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.

Bitimni amalga oshirish uchun mas`ul vakolatli organlar quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi uchun – O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi o'rinlarda Agentlik); O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Rossiya Federatsiyasi uchun – Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi; Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi; Mehnat va bandlik bo'yicha Federal xizmat; Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi Ta`lim va fan vazirligi; Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligi.

Mehnatkash-migrantlarni tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilishni amalga oshirishda o'z vakolatlari doirasida Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi, Mehnat va bandlik bo'yicha Federal xizmat Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: ishchilarga extiyoji bo'lgan Rossiya ish beruvchilari, bo'sh ish o'rinlari va vakant lavozimlar, ish xususiyati, ish haqi, ish rejimi, ta`lim, kasbiy bilimlar, ko'nikmalar, ish stajiga bo'lgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan chet ellik ishchiga taqdim etiladigan qo'shimcha ijtimoiy kafolatlar to'g'risida axborotni axborot-tahliliy tizimda joylashtirish bo'yicha faoliyatni tashkillashtiradi; mehnat qonunchiligi va mehnat huquqi normalari mavjud bo'lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Kompleks imtihonlar o'tkazish va tegishli sertifikat berish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun kompleks imtihonlar o'tkazuvchi tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi tashkilotlari bilan bitimlar tuzishlari mumkin.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi o'z hududiy organlarining mehnatkash-migrantlarga Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq ruxsatnoma rasmiylashtirish va berish bo'yicha faoliyatini tashkillashtiradi hamda migratsiya sohasida federal davlat nazoratini amalga oshiradi.

O'zbekiston Republikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasida mehnatkash-migrantlarni tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish tartibida ishga joylashtirish imkoniyatlari haqida xabardor qilinishini amalga oshiradi; tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlar tanlovini amalga oshiradi; Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq kompleks imtihonlar o'tkazuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi Ta`lim va fan vazirligi kompleks imtihonlarni topshirish bo'yicha tavsiya etgan o'quv-uslubiy materiallarga muvofiq o'qitadi; ishga joylashtirishga nomzodlar tibbiy ko'rikdan o'tishini tashkillashtiradi; ish beruvchilar bilan talab etilayotgan malaka va tajribaga ega bo'lgan nomzodlarni, shuningdek mehnat shartnomalari loyihalarini kelishadi; shuningdek, mehnatkash-migrantlarning tashkiliy jalb etish tartibida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga qadar yetib borishini tashkillashtiradi.

Ko'proq yangiliklar: