Oliy ta`lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

O'zbekiston 21 Aprel 2017 6947

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori chiqdi.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to'liq ta`minlash maqsadida oliy ta`lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta`lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o'quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta`lim tizimini 2017-2021 yillarga mo'ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. 

Dasturga muvofiq, 2017-2021 yillarda 48 ta oliy ta`lim muassasasida jami 180 ta o'quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob`yektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta`mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta`lim muassasasida 400 ta o'quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta`lim muassasasida barcha oliy ta`lim muassasalari o'zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. 

Oliy ta`lim tizimini 2017-2021 yillarga mo'ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan moliyaviy mablag'lar 1,7 trillion so'mdan ziyod bo'lib, ulardan 1,2 trillion so'mi o'quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turar-joylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlashga, 500 milliard so'mdan ortiq mablag' esa o'quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta`minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo'ljallangan, barcha ta`lim muassasalariga xizmat ko'rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi. 

Ko'proq yangiliklar: