Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti TIV rahbarlari Kengashi majlisi boshlandi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari davlat rahbarlari ko'rib chiqishiga mo'ljallangan hujjat va qarorlarni muhokama qilishadi. Uchrashuv Qozog'iston poytaxtida iyun oyida bo'lib o'tuvchi ShHT sammitiga tayyorgarlik ko'rishning yakunlovchi bosqichidir.

Vazirlar Ostona deklaratsiyasi loyihasini qabul qilishadi. Unda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, birlashuvning yanada jipslashuviga oid uslublar belgilab qo'yiladi. Bundan tashqari, 2022 yilga qadar Antinarkotik strategiya loyihalarini muvofiqlashtirish va uni bajarish bo'yicha harakatlar Dasturiga oid vazifalar bor. Alohida e`tibor davlat rahbarlarining xalqaro terrorizmga qo'shma qarshi kurashish bo'ycha Bayonoti loyihasiga qaratiladi.

TIV rahbarlari Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish jarayonining yakunlanishi va ularga a`zo-davlat maqomini berish masalalarini ham ko'rib chiqishadi.

ShHTni tashkil etish haqidagi deklaratsiya Shanxayda 2001 yilning iyunida olti davlat tomonidan imzolangan: RF, Xitoy, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston. Tashkilot ishida shuningdek olti kuzatuvchi-davlat (Mo'g'uliston, Hindiston, Eron, Pokiston, Afg'oniston va Belarus) va muloqot bo'yicha olti sherik (Shri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja va Nepal) ham ishtirok etmoqda.