Prezident Olmazorda: Tumanda yangi savdo markazi barpo etiladi

O'zbekiston 21 Aprel 2017 13439

Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi va ko'p qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi. 

O'zA xabarida aytilishicha, Olmazor tumanining Nurafshon va Forobiy ko'chalari kesishgan joyda uch qavatli «Eski shahar» savdo markazi barpo etiladi. Bu yerda xaridorlarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida kafe, galereya, bolalar o'yin maydonchalari, avtomobillar to'xtash joyi va boshqa ob`yektlar quriladi. Markaz ishga tushgach, 250 kishi ish bilan ta`minlanadi. 

Davlat rahbari mazkur savdo kompleksi quriladigan joyni ko'zdan kechirdi. Markazning uchinchi qavatida «Kitob olami» do'koni va tarixiy filmlar namoyish qilinadigan kinozal barpo etish kerakligini ta`kidladi. 

«Poytaxtimizda bunday yirik inshootni barpo etishdan maqsad Eski shahar aholisining turmush farovonligini yanada oshirishdir. Buning uchun kompleksni zamonaviy arxitektura talablari asosida mukammal qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida e`tibor qaratish zarur», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddi rahbarlarga 2018 yil Navro'z bayramigacha mazkur ob`yektni foydalanishga topshirish bo'yicha topshiriqlar berildi. 

Ko'proq yangiliklar: