11:22 / 21.04.2017
11610

Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng “Nukus xalqaro aeroporti”da qanday o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida bir qator topshiriqlar bergan edi.

Kruz.uz’ning xabar berishicha, shu jumladan, “Nukus xalqaro aeroporti” binosini xalqaro talablariga mos rekonstruksiya qilish, aerovokzal atrofini obodonlashtirish ishlariga zarur mablag‘larni ajratish yuzasidan taklif tayyorlanishi vazifa qilib berilgandi.

Mazkur topshiriq yuzasidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, bosh pudratchi va buyurtmachilar aniqlanib, rekonstruksiya ishlarini moliyalashtirish manbalari MAK o‘z mablag‘lari hisobidan, vokzal atrofini obodonlashtirish ishlari mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan belgilangan. (Dastlabki loyiha qiymati 48,0 mlrd. so‘m).

Loyiha barcha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Mavzuga oid
Top