Shoshilinch tibbiy yordam xodimlari ratsiya orqali xizmat ko'rsatadi

O'zbekiston 21 Aprel 2017 5728

Toshkent shahrida 21 aprel kuni “Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-chorak yakunlari” mavzuida anjuman bo'lib o'tdi. Unda respublikaning turli tashkilot rahbarlari va OAV xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Mazkur anjumanda O'zbekiston bo'ylab turli masalalar yuzasidan savollar berildi. Ularga tegishli idoralar rahbarlari atroflicha javob berishdi. Jumladan, sog'liqni saqlash tizimi bo'yicha berilgan savollar O'zbekiston Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Elmira Bositxonovaga yo'llandi.

- O'zbekiston Prezidenti qisqa vaqt ichida Sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi bir necha qaror va farmonlarni imzoladi. Bu sohada o'zgarishlarni kuzatib boradigan monitoring tizimi yo'lga qo'yilganmi, degan savolga E.Bositxonova quyidagi tartibda javob qaytardi:

“Bugungi kunda mazkur sohada turli ishlar amalga oshirilyapti. Ularning ijrosini nazorat qilish ishlari ham yo'lga qo'yilgan”.

E.Bositxonova, shuningdek, shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati va dori vositalarining narxiga ham to'xtalib o'tdi.

“O'tgan yilning 1-choragida onalar o'limi 48 tani tashkil etgan bo'lsa, bu yilning shu davrida bu ko'rsatkich 27tani ko'rsatmoqda. Bu tibbiyot xodimlari o'z ishlariga mas`uliyat bilan qarashayotganidan dalolatdir. 

Dori-darmon vositalarining narxi bo'yicha masalalar yangidan ko'rib chiqilmoqda va mavjud muammolar bartaraf etilmoqda. O'zbekiston bo'ylab 555ta shoshilinch tibbiy yordam mashinasini o'z manziliga yetkazish jarayoni ketmoqda. “Damas” rusumidan tashqari maxsus mashinalarning 231tasidan 91tasi joylarga yetkazib berildi. Bu ishlarga 6 mln AQSh dollaridan oshiq mablag' sarflandi. Shoshilinch tibbiy yordam ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida xodimlarning ratsiya orqali o'zaro bog'lanishlari yo'lga qo'yiladi. Bu borada xodimlarning bilim va ko'nikmalarini oshirish ishlari olib borilmoqda”, dedi u.

Ko'proq yangiliklar: