Ta`lim sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi

O'zbekiston 21 Aprel 2017 7069

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan ta`lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o'rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi. 

Uning asosiy vazifasi – ta`lim-tarbiya jarayoni, professor-o'qituvchilar tarkibi, ta`lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo'ysunishidan qat`i nazar, ta`lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish, ta`lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat. 

Ko'proq yangiliklar: