08:51 / 21.04.2017
18381

Tramp Si Tszinpinni qanday ko‘ndira oldi?

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Tszinpinni KXDR muammosini hal qilishda faolroq ishtirok etishga ko‘ndirganini ma'lum qildi. Bu AQSh bilan qulay shartlardagi savdo kelishuvlari evaziga ro‘y beradi.

"Men aslida unga aytdim (Si Tszinpinga – tah.): "Siz Shimoliy Koreyaning bu tahdidi bilan nimadir qilsangiz, yaxshiroq savdo kelishuviga erishasiz", - deya ma'lum qildi Tramp Italiya bosh vaziri Paolo Jyentilioni bilan matbuot anjumanida.

Ikki davlat yetakchilarining muzokaralari AQShda aprel boshidan bo‘lib o‘tgandi.

Shuningdek Tramp KXDR muammosini hal qilish bo‘yicha “ko‘p ishlayotgan” Si Tszinpinni “chuqur hurmat qilishini” ham yana bir bor ma'lum qildi.

"Barcha mutaxassislar Xitoy hech qachon hozirgidek ishlamaganini aytishmoqda. Ko‘mir bo‘lgan ko‘plab kemalar ortga qaytarildi (KXDRga – tah.). Boshqa narsalar yuz bermoqda", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tramp.

Bundan tashqari, matbuot anjumani vaqtida Trampdan, u KXDR yetakchisi Kim Chen Inni “ruhiy nobarqaror” deb hisoblashi haqida ham so‘rashdi.

"Sizning barqarorlik haqidagi savolingizga javob bera olmayman. Umid qilamanki, javob salbiy emas, balki ijobiy", - degan Tramp.

Mavzuga oid
Top