25 aprel kuni Usenet 2017 anjumani doirasida «2017-2021 yillarda mobil KPKning rivojlanishi. 3G’ni kengaytirish, 4G’ni tatbiq etish va 5G’ga o'tish» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tadi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi: O'zbekistonning barcha yirik shaharlarida LTE tarmoqlarini joylashtirish – muddatlar, texnologiyalar, investitsiyalar. M2M-qarorlar bozori holati, «Buyumlar interneti»ni rivojlantirish. Bundan tashqari, 2017-2021 yillarda rivojlanish Strategiyasi doirasida KPKni tartibga solish masalalari ham muhokama etiladi.

Tadbir spikerlari: O'zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha vaziri o'rinbosari Umidjon A`lamov, Unitel bosh direktori Dmitriy Shukov, UZMOBILE bosh direktori Vladimir Kravchenko.

Anjuman tashkilotchisi - Ledokol Group agentligi. Tadbir O'zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha Vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi va UZINFOCOM Markazi ko'magida o'tkazilmoqda. Bosh homiy - Beeline Uzbekistan. Anjuman homiylari – Click mobil banking tizimi, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog'i va bosh axborot homiysi - «Yandeks». 

Tadbirda ishtirok etish bepul. Kirish faqatgina taklifnomalar bilan. Ishtirok etish uchun anjuman saytida murojaat yuborish lozim. Tadbir 25 aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo'lib o'tadi.