Uzbek Tigers’ning Rossiyadagi janglari Sport TV orqali namoyish etiladi

Sport 21 Aprel 2017 16314

Bugun, 21 aprel kuni Uzbek Tigers jamoasi Rossiyaning Perm shahrida The World Series Boxing (WSB) guruh bosqichining 6-turi doirasida Patriot boxing team jamoasiga qarshi janglarni o'tkazadi.

Sport TV telekanali mazkur qarama-qarshilikni jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

O'zbekiston terma jamoasi turnirning keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgani tufayli Rossiyaga ikkinchi tarkibni yuborgan.

Uzbek Tigers’ning rossiyaliklar vakillariga qarshi ringga chiqadigan bokschilari:

-52 kg: Abror Qodirov — Vyacheslav Tashkarakov
-60 kg: Ulug'bek Do'stmurodov — Konstantin Bogomazov
-69 kg: Odil Aslanov — Artyom Zaytsev
-81 kg: Madiyor Saidrahimov — Pavel Silyagin
+91 kg: Mirzobek Hasanov — Artyom Suslenkov

Ko'proq yangiliklar: