Video: AQShda haydovchining e`tiborsizligi qimmatga tushdi

Jamiyat 21 Aprel 2017 10279

Kaliforniyada yuk mashinasi haydovchisining e`tiborsizligi tufayli "Nissan Maksima" rusumli yengil avtomashinani ildirib, uni avtomagistral uzra tortib harakatlandi. Yuk mashinasi haydovchisining aytishicha, u buni bilmagan. Voqeani yuk mashinasi yonida ketayotgan boshqa bir avtomobil haydovchisi tasvirga olgan. 

"Ular mashinani tortib ketmoqda. Ular nima bo'layotganini tushunishmayapti", — deya izohlagan voqeaga shohid bo'lgan Brayan Steymke.

U sudralib ketayotgan mashinaga yetib olganida, undagi haydovchi yuk mashinasi to'xtamayotganini aytgan. Biroz vaqtdan so'ng, yuk mashinasi haydovchisining e`tiborini jalb qilishning uddasidan chiqildi. 

"Bu bola seni mashinanga ilinib qolgandi", — degan Steymke yuk mashinasi haydovchisiga. U bunga javoban bundan xabardor emasligini aytgan.
 
Politsiya ma`lumotlariga ko'ra, sabzi olib ketayotgan yuk mashinasi boshqa mashinani quvib o'tayotgan vaqtda yengil mashinani ildirib olgan. "Nissan" haydovchisi yengil jarohat olgan, biroq tibbiy yordamga murojaat qilmagan.

Ko'proq yangiliklar: