13:49 / 22.04.2017
6780

Abdulaziz Komilov Afg‘oniston prezidenti katta maslahatchisi va maxsus vakili bilan uchrashdi

2017 yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi tarkibida amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Prezidentining infratuzilma, kadrlar resursi va texnologiyalar bo‘yicha Katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy hamda Prezidentning MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining 2017 yil 23-24 yanvar kunlari Kobul shahriga tashrifi va Afg‘oniston rahbariyati bilan olib borgan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni ijro etish jarayoni batafsil muhokama qilindi.

Xususan, 2017 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida keng miqyosli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasi (“Yo‘l xaritasi”)ni amalga oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Muzokaralarda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.

Top