15:21 / 22.04.2017
66412

Dunyodagi sakkizta eng nufuzli maxsus topshiriqli guruh

Nufuzli maxsus topshiriqli guruh – bu istalgan mamlakat armiyasidagi eng ko‘p shug‘ullangan hamda eng kuchli bo‘linmalardan biri. Maxsus topshiriqli guruhlar boshqa askarlar borishga ham qo‘rqadigan yerlarga yo‘l oladi, ehtimoliy tahdidlarni aniqlashadi, strategik nishonlarni yo‘qotishadi hamda juda jasoratli qutqaruv missiyalarida ishtirok etishadi. Dunyodagi eng nufuzli sakkizta maxsus topshiriqli guruh haqidagi ma'lumot Business Insider maqolasida berildi. Uni Independent nashri ham o‘z sahifalarida e'lon qildi.

“Ular yaxshilarning eng yaxshisi. Garchi bu qurollangan bo‘linmalarni bir-biri bilan taqqoslash mushkul bo‘lsa-da, ba'zi guruhlar amalga oshirgan ishlari va bajargan missiyalari sabab boshqalaridan ustun turadi”, - deyiladi maqolada.

Bunday askarlar qattiq mashqlardan o‘tkaziladi. Mamlakat armiyasi soni uning samaradorligiga kafolat bera olmaydigan dunyoda, aynan shu bo‘linmalar belgilangan topshiriqni aniq va samarali bajarishni o‘z zimmasiga oladi.

Nashr maxsus topshiriqli guruhlarning quyidagi reytingini taklif etdi:

8. Special Services Group (Alohida topshiriqlarni bajaruvchi guruh), Pokiston.

7. Unidad de Operaciones Especiales (Maxsus amaliyotlar bo‘linmasi), Ispaniya.

6. "Alfa" maxsus bo‘linmasi, Rossiya.

5. National Gendarmerie Intervention Group (Milliy jandarmeriya alohida guruhi), Fransiya.

4. "Sayyeret Matkal", Isroil.

3. Special Air Service (Alohida havo guruhi), Buyuk Britaniya.

2. Special Boat Service (Alohida qayiq guruhi), Buyuk Britaniya.

1. Navy SEALs (inglizchadan Sea, Air and Land - "dengiz, havo va yer"), AQSh. Shuningdek, ular seal so‘zi bilan mushtarak bo‘lgan “dengiz mushukchalari” sifatida ham mashhurlar.

 

Top