22:05 / 22.04.2017
12158

Fotoreportaj: Andijonda “O‘zbekiston - umumiy uyimiz” festivali

1992 yilda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilgan edi. Bugungi kunda uning tarkibidagi 140 dan ziyod markaz barcha hududlarda o‘z faoliyatini yuritmoqda. Bu yil 25 yilligi nishonlanayotgan baynalminal madaniyat markazining respublika bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan festivali birinchilardan bo‘lib Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov xabar bermoqda.

Uch kun davomida viloyatning qator tumanlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlar yakuni bugun Andijon shahrida tantana qilindi. Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta (uyg‘ur, koreys, rus, qirg‘iz va arman) madaniy markaz bu yerda istiqomat qilayotgan  turli millat vakillari bilan hamjihatlikda mazkur tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rdi. 

Bobur nomidagi viloyat drama teatrida o‘tkazilgan anjumanda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhamadiyevlar millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, tinchlik-xotirjamlik va yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi.

Shundan so‘ng O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi millatlar san'atini tarannum etuvchi konsert dasturi namoyish qilindi.  

Mehmonlar shahardagi “Do‘stlik uyi”da bo‘lib, maskandagi sharoitlar bilan tanishdilar. Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida ommaviy sayil o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top