11:48 / 22.04.2017
2917

Xitoyda yong‘in sabab besh kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Chjetszyan shimoliy viloyatidagi fermada yong‘in ro‘y berdi. Buning oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi mahalliy ma'muriyatga asosan.

Yong‘in Xanchjoudagi Syaoshan tumanida joylashgan fermada, turar-joy inshootida ro‘y bergan. Olov bir soatdan so‘ng o‘chirildi.

Kuchli kuyish jarohatlarini olgan besh nafar inson shifoxonaga olib ketildi, biroq tibbiyot xodimlarini ularning hayotini saqlab qola olishmadi. Ayni damda hodisa sabablari aniqlanmoqda.

 

Mavzuga oid
Top