19:59 / 22.04.2017
5622

Italiyalik mashhur velopoygachi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi

Qozog‘istonning "Astana" velojamoasining italiyalik a'zosi Mikele Skarponi 22 aprelda yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda jamoa ma'lum qildi.   

Voqea Italiya sharqidagi Filottrano shahrida yuz bergan.

"Bizning poygachi Mikele Skarponi bugun ertalab velosipedda mashg‘ulot o‘tkazayotganda o‘zining Filottranodagi uyi yaqinida halok bo‘ldi. Mikele chorrahada mikroavtobus tomondan urib ketilgan", deb aytilgan xabarda.

Ma'lum qilinishicha, 37 yoshli Skarponi voqea joyida halok bo‘lgan.

Velopoygachi professional sportga 2002 yil kirib kelgan, 2014 yilda "Astana" jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U 2011 yilda nufuzli, ko‘p kunlik "Djiro d'Italiya" musobaqasining g‘olibi bo‘lgan.

Top