11:46 / 22.04.2017
4520

Kuba va Marokash 37 yildan keyin diplomatik aloqalarni tiklashdi

Kuba va Marokash 37 yil avval uzilgan diplomatik aloqalarni tiklashdi. 21 aprel kuni tegishli kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kubaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida kelishuv ostiga ikki davlat vakillari Anayansi Rodriges Kamexo va Umar Hilol imzo qo‘yishdi.

TASS axborot agentligining yozishicha, ikki davlat hukumati "siyosat, iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi aloqalarni do‘stlik va hamkorlik asosida rivojlantirishga o‘zaro istakdan kelib chiqib" aloqalarni tiklashga kirishishdi.  

Aprel boshida Marokash qiroli Muhammad VI Ozodlik oroliga tashrif buyurgandi.

Marokash qirolligi Kuba G‘arbiy Saxara mustaqilligi uchun kurashgan POLISARIO fronti tomonidan 1976 yilda e'lon qilingan Saxara arab demokratik respublikasini tan olgandan keyin Kubadagi elchixonasini yopgandi. Marokash  G‘arbiy Saxarani o‘zining ajralmas qismi deb hisoblab keladi va unga qirollik tarkibida keng muxtoriyat taqdim qilishgagina yo‘l qo‘yadi.      

Mavzuga oid
Top