19:49 / 22.04.2017
23001

Milliy terma jamoalar a'zolari mag‘lubiyat uchun qanday jazolanganlar

Futbol anchadan beri muxlislar uchun oddiy sport musobaqasidan ular hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan. Millionlab muxlislar o‘z milliy terma jamoalarini qo‘llab-quvvatlaydilar: bu jamoalarning finalga chiqishi va u yerda g‘olib bo‘lishini hattoki odatda futbolga uncha qiziqmaydiganlar ham qizg‘in nishonlaydilar. Aksincha, terma jamoaning chempionatdan chiqib ketishi davlatni chuqur qayg‘uga soladi. Biroq ba'zi zamonaviy futbolchilarni muxlislarning his-tuyg‘ulari qiziqtirmaydi. Biroq ularga baribir maosh to‘lanaveradi! Ushbu maqola ba'zi "o‘ta kuyunchak" futbolchilar va murabbiylar ko‘ziga tushadi, deb umid qilamiz. Ular beg‘am futbolchilar bilan nima bo‘lishini ko‘rib, balki shundan xulosa chiqarib, ehtimol yaxshi o‘ynay boshlarlar.  

Xitoy terma jamoasi 

Tailand 2013 yilda Xitoyni 5:1 hisobida tor-mor etgandan keyin, Xitoy raisi Si Tszinpin bu natijadan shunchalik achchiqlanganki, terma jamoa sardori hamda Xitoy futbol federatsiyasi prezidenti vatanlariga qaytishlari bilan qamoqqa jo‘natilganlar. Terma jamoaning yana 7 o‘yinchisi 6 yillik qamoq jazosiga tortilgan. 

Nigeriya terma jamoasi  

JARda o‘tgan jahon chempionati Nigeriya terma jamoasiga dovrug‘ keltirmadi. Nigeriyalik azamat yigitlar Argentina, Gretsiyaga yutqazib va Janubiy Koreya bilan arang durang natijaga erishib, o‘z guruhlarida so‘nggi o‘rinni egallaganlar. Shunday natijadan keyin terma jamoa safida o‘ynagan futbolchilar har qanday, hattoki havaskorlik chempionatlarida ishtirok etish huquqidan mahrum etilganlar.

Shimoliy Koreya terma jamoasi 

Shimoliy Koreya terma jamoasi JARdagi jahon chempionatidan "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib qaytgandan" keyin mamlakat rahbari Kim Chen In jamoaning butun tarkibini ottirib tashlamoqchi bo‘lgan. Biroq terma jamoa bosh murabbiyi Kim Jon Xunning barcha aybni o‘z bo‘yniga olishi butun jamoani o‘limdan saqlab qolgan. Endilikda sobiq murabbiy o‘zining aybini mehnat lagerlarida mashaqqatli mehnat bilan yuvmoqda.  

Salvador va Gonduras urushi

1969 yilda Salvador va Gonduras terma jamoalari 1970 yil jahon chempionati finaliga chiqish uchun uchrashuv o‘tkazganlar. O‘sha vaqtlar ikki davlat bir-biriga pichoq qayrayotgan kezlar bo‘lgan va Salvadorning mag‘lubiyati ixtilofning avj olishiga sabab bo‘lgan. 1969 yil 24 iyunda Salvador harbiy safarbarlik e'lon qilgan va Gondurasga qarshi urush boshlagan. 6 kun davom etgan urush oqibatida mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Shu tariqa terma jamoaning mag‘lubiyati uchun shunday katta haq to‘langan.    

Sobiq ittifoq terma jamoasi 

Iosif Stalin 1952 yilgi Olimpiadada o‘tgan Sobiq ittifoq va Yugoslaviya o‘rtasidagi uchrashuvga katta umid bog‘lagan. O‘sha kezlarda Yugoslaviyaning rahbari Broz Tito "tishlarini ko‘rsatishni" boshlagan va zudlik bilan "uning popugini pasaytirib qo‘yish" kerak bo‘lgan. Biroq Sobiq ittifoq termasi 1-uchrashuvda 5:5 hisobida durang natija qayd qilgan, 2-uchrashuvni esa 1:3 hisobida yutqazgan. Sobiq ittifoqda terma jamoaning asosini tashkil qilgan TsDSA klubi tarqatib yuborilgan, ko‘pchilik futbolchilar va murabbiy Boris Arkadev sport ustasi unvonlaridan mahrum etilgandilar. Biroq futbolchilar uchun barchasi ayanchli tugashi ham mumkin edi.

Mavzuga oid
Top