01:44 / 22.04.2017
87837

Navbat Olmazorga. Kutilgan o‘zgarish ro‘y berdi

Bugun, 21 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov ishdan olingan. Bu haqda «Kun.uz» manbalari xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, hokimdan tashqari tuman prokurori, soliq idorasi boshlig‘i va ichki ishlar bo‘limi rahbari ham ishdan olingan. Hozircha ularning o‘rniga tayinlangan yangi xodimlar borasida ma'lumotlar yo‘q.

Ma'lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 21 aprel kuni Olmazor tumaniga tashrif buyurgandi. 

Eslatib o‘tamiz, bungacha, hafta boshida Toshkent shahrining 6ta tumanida (poytaxtda jami 11ta tuman mavjud) — Yunusobod, Chilonzor, Mirobod, Yashnobod, Uchtepa va Sergeli tumanlarida ham rahbar to‘rtlik o‘zgartirilgandi.

Top